Nukus filialida uslubiy qo‘llanma taqdimoti oʻtkazildi

Nukus filialida uslubiy qo‘llanma taqdimoti oʻtkazildi

Joriy yilning 11-oktabr kuni Nukus filialining kutubxonasining o‘quv zalida “Sport taʼlim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilari bilan “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi p.f.b.f.d (PhD) A.Xojametovning “Sport inshootlari” moduli bo‘yicha tayyorlagan uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimotda muallif “Sport inshootlari” uslubiy qo‘llanmasiga kiritilgan maʼlumotlar haqida tushunchalar berdilar va tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.