Joriy yilning 14-oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali direktori U.Mamarasulov filiallar aro hamkorlik aloqalarini davom ettirish va tajriba almashish maqsadida Nukus filialiga tashrif buyurishdi. Tashrifi chog‘ida Nukus filiali faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Filial xodimlari bilan uchrashib soha rivoji va ilmiy salohiyatni kuchaytirish uchun talab qilinadigan masalalar yuzasidan suhbatlashishdi.





