Nukus filialida uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17-oktabr kuni Nukus filiali kutubxonasining o‘quv zalida “Sport taʼlim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi basketbol gurihi tinglovchilari bilan “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi M.Atashovning “Sport o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati” moduli bo‘yicha tayyorlagan “Sport o‘yinlarida (Basketbol, Voleybol va Gandbol) foydalanadigan atamalar” uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimotda muallif Sport o‘yinlarida (Basketbol, Voleybol va Gandbol) foydalanadigan atamalar uslubiy qo‘llanmasiga kiritilgan maʼlumotlar haqida tushunchalar berdilar va tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.