Respublika gimnastika sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Badiiy gimnastika” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 85 ball toʻplagan “Sport gimnastikasi” sport turi bo‘yicha malakali trener Adilbekov Ulug‘bek Amanbekovich tomonidan 19-oktabr kuni Nukus shahar Respublika gimnastika sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Badiiy gimnastika” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi D.Bekmuratov va sportchilar ishtirok etdilar.