Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali xodimlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til-millatning bebaho boyligi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirga tilshunos olim, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Raʼno Isakovna Ibragimova taklif qilindi. Mutaxassis tomonidan filial xodimlari va professor-o‘qituvchilariga o‘zbek tilining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida boy maʼlumotlar berildi. Tillarni saqlab qolish bu o‘sha xalqning madaniyati, urf –odati, rasm-rusumlarining boqiyligini anglatishini, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lganligi taʼkidlab o‘tildi. Tadbir yakunida fikr-mulohazalar almashildi.




