Nukus filialida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 25-oktyabr kuni Nukus filialining xodimlari va oktyabr oyi “Sport taʼlim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilari uchun  O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchisi X.Ibraimova va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Nurjanovlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda mutaxassislar tomonidan mavzuga oid maʼlumotlar aytib o‘tildi. Ayniqsa terrorizmga bog‘liq jinoiy ishlarning 90 foizi ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lakligi haqida aytilib, ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va  sergak bo‘lishlari tushuntirildi. Seminar davomida video rolik qo‘yib berildi. Ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga kelgan mutaxassislardan tegishli javoblar oldilar.