Joriy yilning 16-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida xodimlarning xorijiy tillarini o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi K. Xojambergenova tomonidan “Developing, listening and speaking ” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda xodimlarning tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida audio matnlar qo‘yib eshittirildi.




