Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Stol tennisi bazasida mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 90 ball toʻplagan “Stol tennisi” sport turi bo‘yicha malakali trener Babadjanov Oybek Baxodirovich tomonidan 21-noyabr kuni Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Stol tennisi bazasida“Stol tennisi” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi D.Bekmuratov va sportchilar ishtirok etdilar.