Nukus shahar 21-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida 3+1 tizimi asosida amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi

23-noyabr kuni Nukus filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Baymuratov Ismaxmud tomonidan Nukus shahri 21-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida 4-guruh Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Pedagogik amaliyot” modulidan 3+1 tizimi asosida amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.