O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 90 ball toʻplagan “Futbol” sport turi bo‘yicha malakali trener Jo‘rayev Sobit tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Futbol akademiyasi minifutbol maydonchasida sportning “Futbol” turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshlig’i J.Kaipov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar.




