Nukus filialida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali kutubxonasida 2024-yil 29-yanvar kuni yanvar oyi tinglovchilari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🥇1-o‘rinni “Sport turlari bo‘yicha trener -o‘qituvchilar” yo‘nalishi voleybol guruhi tinglovchisi Boymuratova Oqila Normuradovna;
🥈2-o‘rinni “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” yo‘nalishi tinglovchisi Rajabbayeva Malohat Hamdamovna;
🥉3-o‘rinni “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” yo‘nalishi tinglovchisi Rajapova Shahodat Obdullo qizi egalladilar.