Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi PQ-4881son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan aprel oyi malaka oshirish kursi Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchi yo‘nalishi tinglovchilari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda ushbu qarorning mazmun mohiyati va bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari kurash milliy sport turning rivojlanish tarixi, sportchilarimizning yutuqlari bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi.




