Joriy yilning 24-fevral kuni Nukus filialida filial xodimlari ishtirokida “Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida: tushunchasi, belgilari, mohiyati, oqibatlari va javobgarligi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarni filial yuriskonsulti A.Allabergenov ochib berdi va korrupsiyaning jamiyatimiz rivojiga salbiy tasiri va bu bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan chora tadbirlar haqida maʼlumotlar berdi. Seminarga mutaxassis sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi sektor rahbari N.Berdiniyazova taklif qilindi. N.Berdiniyazova o‘z so‘zida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishga qaratilgan davlat siyosati haqida maʼlumotlar berib o‘tdi.




