⚽️Nukus filialida futbol trenerlari yangi 2+2 tizimi asosida malaka oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida “Taʼlim muassasalarining futbol sport turi bo‘yicha trenerlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini 2+2 tizimida o‘qitish” haqidagi qo‘shma qarori asosida Nukus filialida O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi, futbol mutaxassislarni tayyorlash markazi instruktori Rajjabov Baxtiyar Djumaboyevich tomonidan futbol guruhi tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.