Nukus filialida “Olov- tilsiz yov” mavzusida yong‘in xavfsizligi tadbiri o‘tkazildi.

Mana yurtimizda qish fasli o‘z hukmini surmoqda. Tabiiyki qish faslida isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyojning oshishi yong‘in xavfini ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan joriy yilning 6- dekabr kuni Nukus filial xodimlari va dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Olov- tilsiz yov” mavzusida yong‘in xavfsizligi tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta inspektori mayor R. Raximboyev tadbir ishtirokchilariga hozirgi kunda Respublikamizda qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan kelib chiqayotgan favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish, ko‘rsatiladigan birinchi yordamlar haqida tushuntirib o‘tdilar. Bundan keyin Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlar kelib chiqqanida ko‘rsatiladigan yordamlar amalda bajarilib ko‘rsatildi.