#seminar

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali 2025-yil 24-yanvar oyi “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi Badminton guruhi tinglovchilari bilan Badminton federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijrochi direktori R.Atajanov ishtirokida “Sportchilarning musobaqa oldidagi psixologik holatini kuzatish” mavzusida seminar tashkillandi. Seminarda badminton sportida o‘tkaziladigan musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, sportchilarning psixologik holati haqida tushunchalar berildi. Tinglovchilar qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

с