Nukus filialida kafedra yig‘ilishi o‘tkazildi

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

Joriy yilning 4-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida ilmiy salohiyatini kuchaytirish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ilmiy daraja, ilmiy unvonlarni olish tartib-qoidalari haqida maʼlumotlar berildi.