⚡️Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Sport fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Orazbayeva Navbahor tomonidan noyabr oyi Sport taʼlim muassasalarining trener o‘qituvchilari yo‘nalishi tinglovchilari bilan birgalikda Nukus shahar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
✅ Sayohat tinglovchilarda chuqur taassurotlar qoldirdi. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyi — respublikadagi yirik muzeylardan bo‘lib Nukus shahrida 1966-yilda tashkil topgan va 1984-yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning saʼy-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy sanʼati asarlari negizida asos solingan.




