Nukus filiali xodimlari tomonidan joylarda seminarlar tashkil etilmoqda

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarorida belgilangan har bir vazifani ijrochilarga batafsil tushuntirib berish hamda qaror mazmun-mohiyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot qilish hamda ular faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha hududlarda seminarlar tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan Reja-jadvalga asosan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tuman bo‘limi hamda Sport vazirligi mas’ullari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida seminarlar davom etmoqda. Jumladan Beruniy tumani Yoshlar markazi faollar zalida To‘rtko‘l, Ellik qal’a, Amudaryo tumanlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun seminar tashkillandi.