Joriy yilning 9-aprel kuni Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining 29 yilligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat gerbning qabul qilingan kuni munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari va aprel oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar ishtirokida maʼnaviy tadbir tashkil etildi. Tadbir mehmonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi Nukus bo‘limi bosh yuriskonsult Mambetsapayev Shoxislam Qidirbayevish, Nukus pedagogika Instituti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va hám huquq ta’limi” kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD) Tleuov Erkin Muratbaevichlar bo‘ldi.

Tadbirni Nukus filiali direktori Mamutov Quwanıshbay Tolibaevish ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi Nukus bo‘limi bosh yuriskonsult Mambetsapayev Shoxislam Qidirbayevish so‘zga chiqib bugungi qo‘shaloq bayram bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.

Shundan so‘ng Nukus pedagogika Instituti “Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD) Tleuov Erkin Muratbaevich so‘zga chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi jarayoni, unga kiritilgan o‘zgartirishlar va uning har bir bandining fuqarolarning huquq va erkinligi uchun xizmat qilishi haqida aytib o‘tdi. Shuning bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi gerbi va unda tasvirlangan ramzlar va ularning maʼnolari haqida tushunchalar berdi. Bayram tadbiri ishtirokchilarda katta tafsilotlar qoldirdi.




