Nukus filialida ochiq dars oʻtkazildi

#

2023-yil 14-sentabr kuni Nukus filialida sentabr oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchi” yoʻnalishi Futbol guruhi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta oʻqituvchisi Xojametov Ajiniyaz Andriyanovich tomonidan “Sport inshootlari ” moduli bo‘yicha “Sport inshootlari haqida umumiy tushuncha” mavzusida ochiq dars oʻtildi.

Ochiq darsda sport inshootlari haqida keng ma’lumotlar berildi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.