Joriy yilning 15-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida, filial xodimlari va sentabr oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchi” yoʻnalishi tinglovchilari uchun Qozogʻiston Respublikasi Atirov viloyati Maqat bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Djuginisov Amirxan Tolıbay oʻgʻli, va Atirov viloyati Maqat bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining oʻquv ichlari boʻyicha oʻrinbosari Sabitov O’rinbosar Aybek Gʻabiden oʻgʻli bilan «Yakka kurash sport turida sportchilarning texnik-taktik harakatlarni oshirishning samarali usullari» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda A. Djuginisov va O.Sabitovlar tomonidan yakka kurash sportidagi zamonaviy usullar, shu sohaga oid yangiliklar boʻyicha ma’lumotlar berildi va seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berishdi.




