Nukus filialida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 4-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida seminar tashkil qilindi. Ushbu seminarda oktabr oyi “Sport ta’lim muassasalari trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilariga tegishli xodimlar tomonidan kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha qabul qilinadigan hujjatlar va baholash mezoni yuzasidan tushunchalar berildi.