Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda joriy yilning 6-oktabr kuni oktabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Dzyudo sport turi bo‘yicha sport ustasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’lim a’lochisi Murat Sarsenbayev ishtirokida “Sport musobaqalariga sportchilarni tayyorlashda texnik harakatlarni oʻrgatish taktikasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Dzyudo sportida musobaqalarga sportchilarni tayyorlashda foydalaniladigan texnik harakatlarni oʻrgatish taktikasi boʻyicha ma’lumotlar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.




