Nukus shahar 2-son sport maktabi dzyudo bazasida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 93 ball toʻplagan “Dzyudo” sport turi bo‘yicha malakali trener Madjidov Umidjon Maxsudovich tomonidan
14-oktabr kuni Nukus shahar 2-son sport maktabi dzyudo bazasida “Dzyudo” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshlig‘i J.Kaipov “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Shilmanov va sportchilar ishtirok etdilar.