Nukus shahar 1-son sport maktabi bazasida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 95 ball toʻplagan “Yengil atletika” sport turi bo‘yicha malakali trener Qurbonov Umidjon Hamroyevich tomonidan 18-oktabr kuni Nukus shahar Qoraqalpog’iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida “Yengil atletika” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi J.Kaypov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar