Nukus filialida jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

Joriy yilning 10-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilish maqsadida “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” yo‘nalishi tinglovchilari uchun  Respublika sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Kurash” sporti bo‘yicha Veteran sportchilar orasida jahon chempionati sovrindori D.Xalorazov va Xalqaro sport musobaqalari g‘olibi A.Allanazarovalar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida Kurash sportida foydalaniladigan zamonaviy uslublar amalda bajarilib ko‘rsatildi.