O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 95 ball to‘plagan “Qol jangi” sport turi bo‘yicha malakali trener Avezov Mansurbek Karimberganovich tomonidan 24-noyabr kuni Nukus shahar «BATIRXAN» xususiy sport klubi bazasida “Qol jangi” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Djalimov, va sportchilar ishtirok etdilar.




