Ilmiy unvon muborak!!!

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Navbahor Tleubergenova O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2023-yil 30-noyabrdagi 346/1-son bayonnomasiga asosan “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni diplomlarini Institut rektori, professor I.Tursunaliyev,  prorektorlar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan topshirildi.