Buxoro shahar 30-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 3+1 tizimi asosida amaliy mashgʻulot tashkil qilindi

26-aprel kuni Nukus filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi v.v.b dotsenti SHilmanov Aydos tomonidan Buxoro shahri 30-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-guruh Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun II-juftlikda “Pedagogik amaliyot” modulidan “Jismoniy tarbiya dars tahlili” mavzusida 3+1 tizimi asosida amaliy mashgʻulot tashkil qilindi. Amaliy mashg‘ulot jarayonida tinglovchilarga Jismoniy tarbiya darsni tahlil qilish tartibi va jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.