Joriy yilning 7-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial professor o’qituvchilari va xodimlari uchun «Korrupsiyasiz jamiyatni quramiz» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda «Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) X.M.Kdirbayeva so‘zga chiqib, «Korrupsiya» termini, ushbu tushunchaning insoniyat olami va jamiyatga ta’siri va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, filial yurist-konsuli A.B.Jamalov, korrupsiya illatining salbiy oqibatlari uning yuridik xususiyatlaridan kelib chiqib jinoiy javobgarchilikka tortilish tartibi va boshqa yuridik jihatlari haqida to’liq ma’lumotlar berdi.




