🍀“Yashil makon”-2026

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Respublikamizda koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yildan yilga muhim ahamiyat kasb etmoqda. Daraxt ekib — bogʻ yaratish ezgulik hamda ulugʻvorlik ramzidir.
Bugun 1-aprel kuni erta tongdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida koʻchat ekish tadbiri uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Ushbu “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirida Nukus filiali rahbariyati va xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.