SAYOHAT TASHKILLASHTIRILDI

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 14-yanvar kuni “Sport fanlari” kafedrasi  assistent o‘qituvchisi Orazbayeva  Navbahor tomonidan yanvar  oyi Sport taʼlim muassasalarining trener o‘qituvchilari yo‘nalishi tinglovchilari bilan birgalikda Nukus shahar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat muzeyiga sayohat tashkillashtirildi. Sayohat tinglovchilarda  chuqur tafsilotlar qoldirdi. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyi — respublikadagi yirik muzeylardan bo‘lib Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan va 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning saʼy-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy sanʼati asarlari negizida asos solingan.