Joriy yilning 7-dekabr kuni Nukus filialida “8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga filial professor o‘qituvchilari, xodimlari, dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni direktorning Direktorning o‘quv, Ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari J.Abatov ochib berdi va ishtirokchilarni bugungi bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida»Sport psixologiyasi, ijtimoiy — tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi p.f.b PhD dots E.Tleuov so‘zga chiqdi va ishtirokchilarga Konstitutsiya qabul qilinish jarayonlari va kiritilgan o‘zgartirishlar haqida maʼlumotlar berdi va boblar va moddalarga to‘xtalib o‘tdilar.




