Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi kurash bazasida mahorat darsi tashkil etildi

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 95 ball to‘plagan “Kurash” sport turi bo‘yicha malakali trener Turabayev Jamshid Yuldashovich tomonidan 17-noyabr kuni Nukus shahar 2-son sport maktabi zalida “Kurash” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Djalimov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri p.f.b.f.d (PhD) A.Xojametov va sportchilar ishtirok etdilar.