Nukus shahar «BATIRXAN» xususiy sport klubi bazasida mahorat darsi tashkil etildi.

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 90 ball to‘plagan “Boks” sport turi bo‘yicha malakali trener Nurjanov Naurizbay Dalibayevich tomonidan 20 noyabr kuni Nukus shahar «BATIRXAN» xususiy sport klubi bazasida “Boks” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Djalimov, va sportchilar ishtirok etdilar.