Joriy yilning 6-dekabr kuni Nukus filialida “8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga filial professor o‘qituvchilari, xodimlari, dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni «Sport psixologiyasi, ijtimoiy — tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi p.f.b PhD dots E.Tleuov olib bordi va ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida E.Tleuov ishtirokchilarga Konstitutsiya qabul qilinish jarayonlari va kiritilgan o‘zgartirishlar haqida maʼlumotlar berdi. Tadbirda sana munosabati bilan fikr-mulohazalar almashildi.




