Qoraqalpog’iston Respublikasi Yakka kurash sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida mahorat darsi tashkil etildi

Извините, этот текст доступен только на “Qaraqalpaqsha” и “O`zbekcha”.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 90 ball toʻplagan “Kurash” sport turi bo‘yicha malakali trener Sharipova Dilfuza Raxmatullayevna tomonidan 23-dekabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Yakka kurash sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida sportning “Kurash” turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshlig’i J.Kaipov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar.