Joriy yilning 25-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda 2024 yil sentyabr-dekabr oylarida seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish REJASI bajarilishi yuzasidan “Sport taʼlim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilari hamda filial professor-o‘qituvchilari uchun Stol tennis Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi treneri Indira Jumabayeva ishtirokida «Mashg‘ulot jarayonida texnik taktik harakatlar» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Stol tennis sportida fikrni jamlash texnik va taktik harakatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, hissiyotlarni boshqarish orqali natijaga erishish haqida batafsil tushunchalar berildi.




