Nukus filialida 10-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 10-dekabr kuni Nukus filialida 10-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda filial professor oʻqituvchilari, xodimlari va dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda filial yuristkonculi A. Allabergenov tomonidan Davlat madhiyasining yaratilish tarixiga oid maʼlumotlar berildi.




