#Nukus_filiali
📚Taqdimot

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 13-sentabr kuni sentabr oyi “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi ishtirokida p.f.b.f.d (PhD), dotsent A.Xojametovning muallifligidagi “Qoraqalpog‘iston xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali ularning jismoniy-estetik madaniyatini takomillashtirish” nomli monografiya taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida muallif tomonidan yaratilgan adabiyotlarning qisqacha mazmun-mohiyati haqida aytib o‘tildi va tinglovchilarning qiziqqan savollariga javob berdilar. Yangi monografiya kutubxona fondidan joy oldi.