#mahorat_darsi #Nukus_filiali


O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining sentyabr oyi tinglovchisi.
Rayimberganov Shoxizamon Davronbek oʻgʻli – Urganch tumani sport maktabi muaytay sport turi boʻyicha oliy toifali trener, 4 nafar Oʻzbekiston chempioni tayyorlagan. Shogirtlaridan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibida 2 nafar va 5 nafari zaxirada tarkibda. Kasbiy faoliyati natijalariga ko’ra 90 ball to‘plagan malakali trener.
“Muaytay” sport turidan “Qol, oyoq va tirsak zarbalari” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.
Mazkur mahorat darsida muaytay sportida rahibiga zarba berish va o‘zini himoya qilish texnikalari bo‘yicha tajribalar tinglovchilarga yetkazildi.