#Nukus_filiali Davra suhbati


O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilish maqsadida 2025-yil sentbar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 18-sentabr kuni “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri p.f.b.f.d (PhD), P.Bazarbaev tomonidan Gandbol federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijrochi direktori P.Pirniyazov ishtirokida “Gandbol sport turining oyin qoidalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida gandbol sport turining 2025-yilgi oyin qoidalariga o‘zgarishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.