Nukus filialida “Til-millat g‘ururi” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib otdi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan joriy yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Til-millat g‘ururi” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib otdi.
Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) X.M.Kdirbayeva ochib berdi va bugungi bayram bilan tabrikladi va davlat tiliga ehtirom va sadoqat ona yurtga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini butun vujudimiz bilan his etishimiz lozimligi takror ta’kidlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan fikr-mulohazalar almashildi.