O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 30-Q/Q-son, 45-Q/Q-son qo‘shma qarorlari, Sport vazirining 2025-yil 5-sentabrdagi 01/1451-A/F-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali tomonidan Buxoro viloyatida tashkil etilgan jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uch hafta davomida bevosita malaka oshirish kurslari O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
SHundan so‘ng, filial rahbariyati va ma’sullar tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilariga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning o‘tkazilish joylari, tartibi haqida tushunchalar berildi.




