Nukus filialida “18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Davlat Bayrog‘i qabul qilinganining 34-yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida, filial xodimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni filial yurist-konsuli A.Jamalov ochib berdi va barchani bugungi bayram bilan tabrikladi. Ushbu tadbirda A.Jamalov ishtirokchilarga bayroq so‘zining lug‘aviy maʼnosi, uning paydo bo‘lishi hamda mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘ining qabul qilinish tarixi, bayroq ranglari va undagi ramzlarni kelib chiqishi va bundan tashqari davlat bayrog‘ining joylarda ko‘tarilish tartibi bo‘yicha ma’lumot berdi.