#Nukus_filiali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali sport targ‘ibotchisi J.Xudaybergenov tomonidan Xorazm shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida dekabr oyi malaka oshirish kursi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi yo‘nalishi tinglovchilari o‘rtasida Yengil atletika Sport turidan 60 metr masofaga yugurish bo‘yicha Musobaqa tashkil etildi. Musobaqada 7 nafar qizlar va 10 nafar yigitlar jami 17 nafar tinglovchi ishtirok etib marraga birinchi yetib borish bo‘yicha musobaqalashdi.