Mustaqil izlanuvchilar uchun vebinar

Joriy yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi milliy kutubxonasi tomonidan “Proquest Dissertations and Theses Global” nomli xorijiy dissertatsiya bazasidan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy maʼlumotlar qidirish, taʼlim va ilmiy tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishish kabi ishlar bo‘yicha vebinar tashkil etildi.
Ushbu vebinarda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi va o‘zlariga kerakli maʼlumotlarni oldi.