O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialda malaka oshirish kurslarini tamomlagan Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi yo‘nalishi tinglovchilarining keyingi ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida joriy yilning 15-dekabr kuni filial professor o‘qituvchilari tomonidan Xorozm viloyati Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 13, 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining dars jarayonlari tahlil qilindi va natijalari rahbariyatga taqdim etildi.




