Joriy yilning 26-yanvar kuni Institutning #Nukus_filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Axmedova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan jismoniy tarbiya yo‘riqchilari — malaka oshirish tinglovchilari uchun “O‘yinning psixologik ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida bog‘cha yoshidagi bolalar uchun guruhlarda tashkil etiladigan turli harakatli va sport o‘yinlarining ularning aqliy hamda jismoniy rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



